O`quv seminari o`tkazildi

Bugun, 2023-yil 7-fevral kuni tumandagi 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Hayvonlar va qushlar bilan dostlashamiz" mavzusida oquv-seminari hamda Alisher Navoiyning 582 yilligiga atab «Navoiyxonlik» tadbiri tashkil etildi.

2022-yil 1-iyundan maktabgacha ta’lim-tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining davomati avtomatlashtirilgan tizim orqali nazorat qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda byudjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 129-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-iyundan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida:

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish;
  • tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida Maktabgacha ta’lim vazirligining «Bolalar bog’chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida hisobi yuritiladi.

Bundan o’z xodimlarini saqlash uchun davlat byudjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mustasno.

2022-yil 1-apreldan ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Farmoniga asosan 2022-yil 1-apreldan to’liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.

Bolalarni 2 yoshdan qabul qilish ruxsat berilgan davlat maktabgacha ta’lim-tashkilotlarida ota-onalar to’lovi miqdori maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashi va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo`’limlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Bundan tashqari mazkur Farmon bilan 2022-yil 1-apreldan boshlab boquvchisini yo’qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to’lanadigan ota-onalar to’lovidan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Ingliz tili o`qituvchilari uchun tarqatilgan «Hi Kids! Teacher’s book» kitoblar to`plami haqida

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ingliz tili o`qituvchilari uchun tarqatilgan «Hi Kids! Teacher’s book» ingliz tili kitoblar to`plami Jondor tumandagi 4, 6, 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ingliz tili o`qituvchilariga ham tarqatilgan edi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga boshlang`ich chet tillarini o`rgatish shakllari va usullari tatbiq etilmoqda.

Жондор тумани ҳокими ўринбосарларининг 23-MТТга ташрифи

Жорий йилнинг 4-феврал санасида Жондор туман ҳокимининг ижтимоий масалалар бўйича ўринбосари Н.Ахматов, қурилиш масалалари бўйича ўринбосари А.Зокиров, Маҳалла ва оилани қўллаб қувватлаш бўлими бошлиғи Р.Саъдуллаев «Довуд» МФЙда жойлашган 23-сон мактабгача таълим ташкилотига ташриф буюрдилар. Уларга мактабгача таълим бўлими мудири О.Баракаев ҳамроҳлик қилди.

Мутасаддилар томонидан МТТдаги иссиқлик тизими, болаларни соғлом овқатлантириш бўйича амалга оширилаётган ишлар кўздан кечирилди. Шунингдек, 23-МТТни 2022-йилда «Обод қишлоқ» дастури доирасида таъмирлаш ва қўшимча бино қуриш масалалари муҳокама қилинди.